Andijon viloyatida Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining oʻttizdan ortiq bitiruvchilari, shuningdek, Oilaviy bolalar uylari farzandlari, vasiylikka hamda homiylikka olingan bolalar oliy oʻquv yurtlari talabalari boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining hisobotiga koʻra, 2022 yil uchun oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga binoan Andijon Davlat universitetiga 8 nafar, Tibbiyot institutiga 13 nafar, Davlat universiteti Pedagogika fakultetiga 6 nafar, Chet tillar institutiga 1 nafar, Iqtisodiyot va qurilish institutiga 2 nafar, Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga 2 nafar, Muhandislik institutiga 7 nafar oʻgʻil-qizlar kunduzgi boʻlimga qabul qilindi.
Kuni kecha talabalik guvohnomalari oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.