Kuni kecha Samarqand Davlat tibbiyot instituti talabalari va o‘qituvchilari Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar. Ular shifokor kasbi haqida, qanday mutaxassisliklar borligini va qaysi fakultetlarda okulist yoki jarrohlar, pediatrlar yoki terapevtlar o‘qitilishi kerakligini bolalarga so‘zlab berishdi. Bo‘lajak shifokorlar o‘z tashriflarini "Kelajakda men ham shifokor bo‘laman" deb atashdi.
O‘g‘il-qizlar talabalarni katta qiziqish bilan tinglashdi, so‘ngra qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi. Ko‘rinib turibdiki, ularning barchasi kelajakda odamlarni davolashni, odamlarni sog‘lom saqlashga yordam berishni xohlashadi.
Tadbir yakunida bolalar yangi do‘stlariga shifokorlar haqida sheʼrlar o‘qib, qo‘shiqlar kuylashdi va raqsga tushishdi.