Poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun har doim ko‘plab imkoniyatlar taqdim etiladi. Ulardan biri bo‘lsa kinoga borishdir. Yigitlar ham shu yo‘lni tanlab, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyiga tashrif buyurdi va "Bir kunlik to‘y" deb nomlangan sarguzasht komediyasini tomosha qildi.
Saroy foyesining milliy kinematografiyaning rivojlanish tarixini hikoya qiluvchi eski yillardagi fotosuratlar bilan bezatilganligi bolalarda katta taassurotlar qoldirdi. Sevimli filmlar, avtomobillar, rekvizitlar va dekoratsiyalarning eski afishalari, taniqli aktyorlarning suratlari hamda biografik maʼlumotlari aks etgan plakatlar orqali tomoshabinlar mahalliy kino sanoatining boy tarixi haqida maʼlumotlarga ega bo‘ldi.
Shunday qilib, bugungi kun bolalar uchun uzoq o‘tmishga sayohat va sevimli filmlarida qanday voqealar sodir bo‘layotgani bilan tanishishga keng zamin yaratdi