Kitob tumanidagi Ma’naviyat maskanida Oilaviy bolalar uylari farzandlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maʼdaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir soʻnggida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kitob tuman bo‘linmasi tomonidan badiiy asarlar to‘plamlari Oilaviy bolalar uyi xonadonidagi kutubxonalarga taqdim etildi.