Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bir hafta davomida “Kitob oqshomi” festivali o‘tkazilgan edi.
Joriy yilning 6 iyun kuni mazkur Mehribonlik uyiga qarashli “Gulbahor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Kitob oqshomi” festivalining yakuniy bosqichi va g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik A.Mavlonov, 22-sonli Mehribonlik uyi direktori o‘rinbosari I.Davlatov ishtirok etdi. Festivalda “Ertaklar bilimdoni”, “Mening kutubxonam”, “Eng yaxshi kutubxon” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etgan faol bilimdon yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli yosh sanʼatkorlari o‘z chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.