Kitob - insonni buyuklikka yetaklovchi vosita bo‘lib, u insonni komillik sari eltuvchi, dunyoqarashini o‘sishiga, zehnini o‘tkir, fikrlarni teran bo‘lishiga sababchidir.
Ayni shu maʼnoda, mavsumiy taʼtil kunlarida bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan Buxoro shahridagi “Mattiyevlar” hamda “Behbutovlar” xonadonida tarbiya topayotgan bolajonlar holidan xabar olinib, ularga badiiy kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi.
Shu bilan bir qatorda, bolajonlar ham mehmonlarga o‘zlari tomonidan qo‘l mehnati asosida tayyorlangan sovg‘alarini taqdim qildilar.