Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Qo‘qon tumanida yashovchi oilaviy bolalar uylari farzandlari holidan xabar oldilar. Suhbat davomida mehmonlar bolajonlar yozgi taʼtilni qanday o‘tkazayotganliklari, yaqinlashib kelayotgan navbatdagi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qanday ketayotgani bilan qiziqdilar. Bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olganliklari, sayru sayohatlari haqida gapirib berdilar va to‘garaklarda nimalarni o‘rganganliklarini ko‘rsatdilar. Bolalar “Mehr daftari” qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali avvaldan topshirilgan noutbuklar, asbob-uskunalar, tikuv mashinalari zargarlik, tikuvchilik va kompyuter savodxonligi to‘garaklarida muvaffaqiyatli hunar o‘rganishga xizmat qilayotganini ham aytib o‘tdilar