O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Navoiy viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Karmana tumanidagi Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohatchilar mazkur shaharda joylashgan qadimiy obidalarni ziyorat qilish bilan birga, masjid, madrasa, minoralar tarixi yuzasidan yaqindan xabardor bo‘ldilar. Arxitektura ishlari va ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyatlarni katta qiziqish bilan tinglashdi. Badiiy-adabiy kitoblari va esdalik sovg‘alari orqali ulardagi vatanparvarlik tuyg‘ulari yana-da jo‘sh urdi. Muqaddas yurtga sadoqat, shukronalik kayfiyati ularning yuzlarida aks etdi.
Buxoro zaminiga qilingan sayohatdan ulkan taassurot bilan qaytgan yoshlarda harbiylik kasbiga ham muhabbat uyg‘ondi