O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Milliy gvardiya qo‘mondoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari tomonidan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini o‘rganish davom ettirilmoqda

24.7.2023 1020

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul vakillari G‘.Nasirova, E.Lavrova, N.Shermatov, D.Xusanovalar agentlik faoliyatining boshidanoq o‘quv-tarbiya muassasalaridagi taʼlim va tarbiya jarayonlari hamda bolalarning turmush sharoitini o‘rganishdan boshladilar.

Tashrif davomida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni homiylik ostidagi oilalarga joylashtirish masalalari muhokama qilinib, voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy ishlarning samaradorligini oshirish va ilg‘or uslublarni joriy etish, bu boradagi meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish borasida so‘z yuritildi. Shu asnoda, o‘tgan hafta yakunida Milliy gvardiya qo‘mondoni va agentlik mutaxassislarining navbatdagi tashrif obyekti yozgi taʼtilni maroq bilan o‘tkazayotgan Toshkent shahridagi 30-son “Mehribonlik” uyining 97 nafar tarbiyalanuvchisini o‘z bag‘riga olgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi so‘lim va bahavo “Nur” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘ldi.

Ushbu o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarini oilalarga joylashtirish masalasi muhokama qilinar ekan, bu yerdagi bolalar psixofizik xususiyatlarga ega ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritildi hamda chet el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganish zarurligi taʼkidlanib o‘tildi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalashga tayyor bo‘lgan tutingan oilalarni tayyorlash bo‘yicha xorijiy amaliyot namunalarini chuqur tahlil qilish, ruhiyat va urf-odatlarimizni hisobga olgan holda, maqbul turmush tarzini tanlab, milliy sharoitimizga moslashtirish zarurligi aytib o‘tildi.

Mehribonlik uyi direktori F.Usmonxo‘jayeva mehmonlarni oromgoh bilan tanishtirish jarayonida homiylar ko‘magida olib borilgan obodonlashtirish va taʼmirlash ishlari haqida so‘zlab berdi. Milliy gvardiya qo‘mondoni va agentlik mutaxassislari oromgohda tarbiyalanuvchilarni psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan to‘garak va seksiyalarga alohida eʼtibor qaratdi.

Jismoniy tayyorgarligi bilan bir qatorda bolalar ijodiy salohiyati, mantiqiy tafakkuri, tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatini rivojlantirishga jiddiy yondashilayotganligiga ishonch hosil qilgan mehmonlar, rasm chizish, suzish, shaxmat-shashka, futbol, stol tennisi, shuningdek, Kamondan otish federatsiyasi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan kamondan otish bo‘yicha mashg‘ulotlar qanday o‘tayotganini kuzatishdi.

Shu bilan birga, Qo‘mondon kechki ovqatda bolalar bilan suhbatlashdi va bolalarning Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli sanʼatkorlari bilan birgalikda tayyorlagan “Assalom, yoz!” nomli konsert dasturi tomoshabini bo‘ldi. Shuningdek, bolalar o‘zlari yod olgan sheʼrlarni o‘qib, sahnalashtirilgan raqs va teatrlashtirilgan miniatyuralarni tomoshabinlarga havola etishdi. O‘g‘il-qizlarning chiqishlari yig‘ilganlar qalbini to‘lqinlantirib yubordi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, bularning barchasi tarbiyachi va o‘qituvchilarning ulkan mehnati sababdir. Bolalar Milliy gvardiya alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestri ijrosidagi chiqishlaridan xursand bo‘lishgan bo‘lsa, kecha so‘ngida sanʼatkorlar ijrosidagi jo‘shqin kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushishdi va tadbir osmon uzra otilgan rang-barang mushakbozlik bilan yakunlandi.

Maʼlumot uchun. Bugungi kunda 30-Mehribonlik uyida 97 nafar tarbiyalanuvchi voyaga yetmoqda. O‘quv-tarbiya muassasalarining qancha farzandi o‘z oilasiga ega bo‘lganligini bilish uchun havolaga o‘tishingiz mumkin.