Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari tashabbusi bilan viloyatdagi Oilaviy uylarning farzandlari uchun navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur tadbirda viloyatning malakali tibbiyot xodimlari ishtirok etib, bolalar va ularning ota-onalari salomatligini batafsil tekshirdilar. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish hamda gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha birlamchi tushunchalar berildi.
Tibbiy ko‘rik davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.
Mazkur tashabbus bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning sog‘lom va baxtli voyaga yetishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.