Mazkur tadbirga Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, faxriylar kengashi raisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi bo‘lim boshlig‘i, xizmat davomida yuqori natijalarga erishgan xarbiy xizmatchilar hamda Nurafshon shahrida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabining 9-10 va 11-sinflardan iborat 80 nafar o‘quvchi-yoshlari tashrif buyurishdi.
Tadbirni Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqidagi nutqi bilan tadbirni ochib berdi.
Unda faxriy ustozlar "Dunyodagi eng kuchli jangchi bu o‘zbek jangchisi" shiori ostida milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish, yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini, shuningdek, yurt, oila, ota-ona va farzandlar himoyasi xalq va ajdodlar xotirasi oldida muqaddas burch ekanini, buyuk tariximiz, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarning jahon sivilizatsiyasi hamda harbiy san’at rivojiga qo‘shgan hissalarini hamda o’zlarining hayot yo’llaridagi boy tajribalari va uzoq yillar mobaynida erishgan bilim va ko'nikmalari haqida o’rtoqlashdilar.
Shuningdek tadbir davomida o’quvchi-yoshlar uchun maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi. Shu bilan bir qatorda o’quvchi-yoshlarga malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmali qurollar o‘quv nuqtalari ya’ni xarbiy texnikalar va qurol-aslaxalar, tog‘ tayyorgarligi anjomlari, xarbiy xizmatchilarni bir kunlik oziq-ovqat va kiyim-kechak ta’minotlari, xarbiy aloqa vositalari hamda tibbiy anjomlar bilan tanishtirilib so’ng ular uchun otlarda sayr qilish imkoni yaratildi.