Shu kunlarda poytaxtimizdagi Davlat sanʼat muzeyida O‘zbekiston madaniy merosining bebaho namunalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur ko‘rgazmaga Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi.
Tadbir davomida muzey tadqiqotchilari tomonidan mehmonlarga eksponatlar, ularning qadr-qiymati hamda qanday ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida maʼlumotlar berilib, shu bilan bir qatorda, muzey haqida, uning tarixi, madaniy merosni saqlashga hissa qo‘shgan insonlar, asarlari muzey xazinasida saqlanayotgan rassomlar, haykaltaroshlarning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berishdi.