Toshkent shahridagi 22 va 30 sonli Mehribonlik uylarida bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun xatarli bo‘lgan favqulodda holatlar va baxtsiz hodisalar sodir etilishini oldini olish, shuningdek, kuz qish mavsumiga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yashnobod va Chilonzor tumanlari bo‘limlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar masʼul xodimlari bilan birgalikda nazorat profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
Oʻrganish davomida muassasalarning yongʻin sezuvchi va xabar beruvchi moslamalar bilan taʼminlanganligi, tashvish tugmasi va qoʻriqlov moslamasi oʻrnatilganligi, oʻrnatilgan videokameralarning va obyekt hududidagi yoritish chiroqlarining, oshxona va binolarda foydalanilayotgan asbob-uskunalarning texnik soz holatdaligiga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, binolar oʻt oʻchirish vositalari bilan toʻliq taʼminlanganligi hamda xavfsizlik qoidalari talablariga rioya qilinayotganligi koʻzdan kechirildi.
Bundan tashqari, soha mutaxassislari bolalarga yong‘in kelib chiqish sabablari, xavfli holatlar va ularning oldini olish choralari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi. Xususan, sham, yong‘inli ashyolar bilan o‘ynash xavfi ekanligi, gaz quvurlari va elektr uskunalari bilan ehtiyotkorlikda foydalanish kerekligi, oshxonada yong‘in xavfsizligiga e’tibor berish kerakligi borasida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, bolalarga yanada yaxshiroq tushuntirish uchun ularga video film va roliklar orqali zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, yong‘in xavfsizligi va is gazi hamda elektr vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ular bilan ushbu jixstlar bo‘yicha savol-javoblar ham o‘tkazildi. Bundan tashqari bu kabi favqulotda holatlar sodir bo‘lganda qanday harakatlanish lozimligi bo‘yicha ko‘rgazmaliy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.