“Zomin” bolalar oromgohi bu mavsumda ham ko‘plab dam oluvchilarni o‘z bag‘riga olmoqda.Ularning ko‘pchiligini Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Oilaviy bolalar uyi”ning tarbiyalanuvchilari tashkil etadi.
38 nafar yigit-qizlarning yozgi taʼtildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oromgohga yo‘l olgan bolajonlar viloyat Hokimligi, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda dam olishga yuborilgan bo‘lsalar, bu yerda turli qiziqarli mashg‘ulotlar, to‘garaklarda o‘zlari qiziqgan turli yo‘nalishlarda shug‘ullanib bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.
Eng asosiysi, bu maskanda bolalar tengdoshlari bilan tanishib,yangi do‘stlar orttiradilar, o‘z qiziqishlarini hamda isteʼdodlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.