Yoz- oʻqishdan tanaffus qilish, salqin suv bilan toʻldirilgan hovuzda choʻmilish, sevimli oromgoh-"Gulbahor"da maroqli dam olish vaqtidir. Uchtepa tumanida joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida har yili yoz mavsumida Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari dam olishadi.
Bu yerda ularga futbol, basketbol, shaxmat-shashka, tennis, stol tennisi kabi sport turlari bilan shug’ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Adabiyotga qiziqqan yoshlar badiiy kitoblar o‘qib, rasm chizishmoqda, san’at ixlosmandlari boʻlsa, pianino chalib, qo‘shiq kuylashni oʻrganmoqda.
Har kuni intellektual o‘yinlar va sport musobaqalari oʻtkazilishi rejaga kiritilgan boʻlib, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan kamondan otish va psixologik mashg‘ulotlar oʻtkazilmoqda.