Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi 44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan maktab oʻquvchilari, hokimiyat vakillari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Yosh isteʼdodlar ijrosidagi musiqiy, badiiy va sahnalashtirilgan ko‘rinishlar ishtirokchilariga yaxshi kayfiyat, tadbirga esa koʻtarinkilik bagʻishladi.