Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi Jizzax shahar Bolalar bilan ishlash boʻyicha inspektor-psixologlari hamda IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahar M va MTBga qarashli maktablarda payshanba profilaktika kuni doirasida "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish" bo'yicha shuningdek, maktablarda 25-may kuni boʻlib oʻtadigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari bilan bogʻliq holatlar haqida so'z yuritildi.
Tadbirda bitiruvchi sinf oʻquvchilari avtomashinalarda guruh-guruh boʻlib harakatlanishiga yoʻl qoʻymaslik, oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, xonadonlar, kafe, restoran, choyxona, to‘yxonalarda “bitiruv kecha” tadbirlari tashkil qilinishini cheklash boʻyicha tushunchalar berildi.