Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan "Oilaviy bolalar uyi"da tarbiya topayotgan bolajonlarning holidan xabar olinib, ular bilan yakka tartibda va jamoaviy psixologik mag‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan psixologik suhbatlar Buxoro shahridagi 2-hamda 6-sonli, shuningdek, Buxoro tumanidagi 1-sonli "Oilaviy bolalar uyi" da tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan ota-onalar hamda tarbiyachilarga farzand tarbiyasi borasida zarur ko‘rsatmalar va kerakli tavsiyalar berildi.