Milliy gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi polkovnik I. Bekchanov boshchiligidagi viloyat hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Qurilish boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalari 30 yoshgacha boʻlgan bitiruvchilarining sharoiti oʻrganilmoqda.
Asosiy vazifa-yashash sharoiti talabga javob bermaydigan, sanitariya-gigiyena standartlariga, yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻgʻri kelmaydigan xonadonlardagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishdir.
Oʻrganilgan har bir holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, kamchiliklarni bartaraf etish rejasi tuzildi va natijalarga koʻra, uy-joy sifatini yaxshilash boʻyicha chora tadbirlar olib borilmoqda.