O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5215-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 26-sonli qarorlariga asosan tumanlardagi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga o‘zlarining xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda kerakli jihozlar olib berish tizimi "Mehr daftari" yo‘lga qo‘yildi.
Bugun Yangibozor tumanida yashovchi 4 nafar yoshga ham o‘zlari uchun zarur jihozlar topshirildi.
-Bolaligimdan tikishga qiziqaman. Uyda kelinoyimdan tikish sirlarini o‘rgandim. Ammo o‘zimda tikish mashinasi yo‘q edi. Bugun davlatimiz tomonidan yangi, zamonaviy tikish mashinasini olib juda xursand bo‘ldim. Endi men o‘zim bemalol tika olaman, deya quvonch bilan gapirdi Kamolaxon.