Buxoro viloyati hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullaridan iborat ishchi guruh aʼzolari tomonidan joriy yilning 25 aprel kuni “Behbutovlar” hamda “Ochilovlar” xonadoniga tashrif amalga oshirilib, ularning faoliyatiga oid muammolar va bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oiladagi o‘zaro mehr-oqibatning shakllanishi, shuningdek bolalarni oila muhitida tarbiyalashning ustuvorligi hamda ahamiyatli jihatlari o‘rganildi.
Uchrashuv davomida, isteʼdodli bolajonlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirgan ishlarini masʼullar bilan o‘rtoqlashdilar.