Xabaringiz bor, yurtimizda ot sportini ommalashtirish borasida Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan ezgu tashabbuslar ilgari surilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa, yurtimizda yosh umidli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni jahon arenalarida munosib o‘rinlarni egallashlarida ko‘mak berishdan iborat.
Shu maʼnoda, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Buxoro shahridagi Mattiyevlar xonadoni farzandlari uchun Chavandozlar maktabida alohida seksiya tashkil etilib, ularning ot sporti bilan shug‘ullanishlari uchun kunlar belgilab berildi.
Shu kunning o‘zida, dastur imzolanib, maktab hududi, ot parvarishlash, egarlash hamda ot ustida sayr qilish bo‘yicha mahorat darslari ham tashkil etildi.
Eʼtirof etish joizki, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan yoshlarni ot sportiga qiziqtirish bo‘yicha tashabbuslar davom etadi.