“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

“Mehr daftari” elektron platformasiga kiritilgan kogonlik 12 nafar o‘g‘il-qizlarning orzulari ro`yobga chiqdi.

30.3.2023 1284

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar alohida eʼtiborga olinib, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvash boʻyicha mutlaqo yangi tizim sifatida “Mehr daftari” platformasi joriy qilingani oʻz samarasini bermoqda.
Statistik maʼlumotlarga nazar solsak, turli sababga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va ijtimoiy muhofazaga olingan voyaga yetmaganlar soni viloyatda 301 nafarni tashkil qilayotgan boʻlsa, ularning barchasi vasiylikka olingan va tutingan ota-onalari bagʻrida oʻsib-ulgʻaymoqdalar. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni “Mehr daftari”ga kiritish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilingan boʻlib, shu asosida ularda mavjud muammolar, qolaversa, kundalik ehtiyoj va talablarini oʻrganish va hal qilishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan.
Vasiylikka olingan bolalarning har biriga oʻtgan yil davomida davlatimiz tomonidan 1 million 380 ming soʻm oylik nafaqa puli ham tayinlangani, vasiylikda istiqomat qilayotgan turar joy kommunal toʻlovlarigacha qoplab berilgani ularga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning ifodasi, albatta. Bu saʼy-harakat joriy yilda ham izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, Kogon tumanida ayni kunda qonuniy tartibda vasiylikka olingan 12 nafar voyaga yetmagan oʻsmirning kundalik yashash tarzi, taʼlim-tarbiyasi va moddiy taʼminoti doimiy nazoratga olingan boʻlib, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan xayrli amallarga guvoh boʻlish mumkin. Viloyat va tuman hokimligi, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi masʼullari ishtirokida "Mehr daftari"dan oʻrin olgan mazkur yoshlar holidan xabar olinib, ularga velosiped, noutbuk, kompyuter jamlanmasi, planshet, mikrotoʻlqinli pech, tikuv mashinasi, dars tayyorlash uchun stol–stul va yana boshqa, jami 40 million 800 ming soʻmlik zarur jihoz va buyumlar yetkazib berildi.
— Farzandlarimiz alohida mehr va eʼtibor qurshovida ekanliklari barobarida davlat va jamiyatimizning doimiy koʻngil soʻrab, ragʻbatlantirishlaridan bahramand holda oʻsib – ulgʻayayotganliklari kelgusida albatta, ularning shu yurt koriga kamarbasta boʻlishlariga ishonch tugʻdiradi, – deydi vasiylikka olgan oilalardan birining bekasi Subhiya Hamroyeva. — Aytish joizki, bu jihozlar bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishlari va hayotda oʻz kasb-korlarini tanlashlari uchun xizmat qiladi.