Davlatimiz rahbarining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosi doirasida, vasiylikda, patronda hamda Oilaviy bolalar uylarida o‘sib ulg‘ayayotgan o‘g‘il-qizlar bilan Termiz Davlat universiteti professor o‘qituvchilari ishtirokida "Uch avlod" uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda professor o‘qituvchilar yoshlarga o‘zlarining hayot yo‘li, tajribalari haqida so‘zlab berib,hozirgi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdilar.
To‘kin dasturxon atrofida o‘tkazilgan muloqotda har bir bolajonlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Ularning kelgusi maqsadlari, tashabbuslari tinglandi. Oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari, yetuk malakali kadr bo‘lishda ilmli va bilimli bo‘lishlari zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan uchrashuv, kuy-qo‘shiq va raqslarga ulanib ketdi.