"Mehr daftari"ga kiritilgan bolalarning muammolari o‘rganilib, bartaraf etilmoqda
Buxoro viloyati hokimligi, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qorovulbozor tuman hokimligi hamkorligida Qorovulbozor tumanidagi “Mehr daftari”ga kiritilgan 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolari va orzu-istaklarini hal qilish uchun kerakli mablag‘lar ajratildi.
Xususan, 1 nafar bolaning kontrakt va 4 nafar bolaning o‘quv kurslari uchun to‘lovlar amalga oshirilib, 1 nafar bolaga isteʼdodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy shirinliklar pishirishi uchun gaz plitasi olib berildi.