Kuni kecha Termiz shahrida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB, viloyat hokimligining Bolalarni himoya qilish kotibiyati, viloyat xalq taʼlimi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan o‘quv seminarda, qaror doirasida "Mehr daftari" tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom talablari xususida batafsil maʼlumot va tushunchalar berildi. Bu borada bolalar huquqlarini himoya qilish, yetim bolalarni "Mehr daftari"ga kiritish va chiqarish meʼyorlari haqida tegishli tavsiyalar aytildi. Viloyatda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tashkillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.