Mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish, jamiyatga, ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy yetish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Qaroriga muvofiq islohotli ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Andijon viloyati Izboskan tumanida mazkur tizimga kiritilgan 28 nafar bolalarga noutbuk, duxovka, tikuv mashinalari, dona kiyim javoni, stol va stul, velosiped,multi kultivator,televizor, mikrotoʻlqinli pech, mini inkubator va kir yuvish mashinasi tuman hokimi boshchiligida hokimiyat vakillari, Bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri hamda tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi boshligʻi tomonidan tantanali tarzda topshirildi.