Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar alohida e’tiborga olinib, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha “Mehr daftari” platformasi joriy qilingani o‘z samarasini bermoqda.
Jumladan, Kogon shahrida ayni kunda qonuniy tartibda oilaga tarbiyaga olingan 18 nafar voyaga yetmagan o‘smirning kundalik yashash tarzi, ta’lim-tarbiyasi va moddiy ta’minoti doimiy nazoratga olingan bo‘lib, ular duch kelayotgan tashvish va muammolarni joyida o‘rganish va orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan xayrli amallarga guvoh bo‘lish mumkin.
— Farzandlarimiz alohida mehr va e’tibor qurshovida ekanliklari barobarida davlat va jamiyatimizning doimiy ko‘ngil so‘rab, rag‘batlantirishlaridan bahramand holda o‘sib – ulg‘ayayotganliklari kelgusida albatta, ularning shu yurt koriga kamarbasta bo‘lishlariga ishonch tug‘diradi, – deydi oilaga tarbiyaga olgan, tutingan ota-onalardan biri Hoshim Xudoyqulov. — Aytish joizki, bu jihozlar bolajonlarning hech narsaga zoriqmay katta bo‘lishlari, ta’lim-tarbiya olishlari va hayotda o‘z kasb-korlarini tanlashlari uchun xizmat qiladi.