Qo‘qon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismida “Mehr daftari” elektron platformasiga kiritilgan bolalarga qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, bolalarning so‘zlariga ko‘ra o‘zlari orzu qilgan buyumlarga ega bo‘lish ularga yanada katta orzularni amalga oshirish uchun jiddiy qadam tashlashga imkon beradi.
Jumladan, maxsus jihoz va asboblar o‘g‘il bolalarning ustachilik, duradgorlik kasblarini o‘rganishiga, cholg‘u asbobiga ega bo‘lgan bolalar esa musiqa ijro etish sirlarini o‘zlashtirib, kelajakda yaxshi sozanda, qo‘shiqchi, hatto bastakor bo‘lib yetishishiga yordam beradi. Bundan tashqari bolalarga kanselyariya buyumlari, kitoblar, velosipedlar, sport anjomlari singari sovg‘alar topshirildi.
Orzular amalga oshgan kun yorqin konsert dasturi bilan yakunlandi. Shu bilan bir qatorda, mazkur konsert dasturida bolajonlar bilan bir qatorda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupov va Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i polkovnik M. Rustamboyevlar ham ishtirok etdilar.