Davlat jamiyatning barcha qatlamlari haqida bir xil qaygʻurgani kabi “Mehr daftari” orqali yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yangi imkoniyatlar yaratildi va ular oʻzlarining hozir hamda kelajakdagi hayotini toʻliq shakllantirib olishi uchun imkon yaratib berdi.
Jumladan, bugun Buxoro tumanida “Mehr daftari”ga joylashtirilgan 10 nafar voyaga yetmaganlarning orzu-istaklari o‘rganildi hamda “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 28 mln so‘m mablag‘ ajratilib, ularning muammolari, qiziqishlari va orzu-istaklarini hal qilish uchun 2 ta yotoq uchun divan mebellari, 1 dona televizor, 2 dona gaz pilitasi, 1 dona velosiped va boshqa anjomlar hamda qishki kiyimlar topshirildi.