8 mart - Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev bugun poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, muassasadagi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi opa-singillarimizni bayram bilan samimiy qutladi va ularga esdalik sovg‘alarini ulashdi.
Shuningdek, qo‘mondon o‘rinbosarlari polkovnik S.Mamayusupov hamda polkovnik M.Ganiyevlar Toshkent shahridagi 30-sonli va Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uylariga borishib opa-singillarimizga qo‘mondonning bayram tabriklarini yetkazishdi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomondan Namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar va tashkillashtirilgan konsert dasturlari barchaga birdek bayramona kayfiyat baxshida etdi.