Davlatimiz rahbari tomonidan 28 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalaridagi yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga Milliy gvardiya masʼul bo‘lishi belgilandi.
Mazkur yig‘ilish davomida qo‘yilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Guliston shahar "Bolalar shaharchasi"ning har bir oilalariga boshqarma ofitserlari hamda malakali psixolog harbiy xizmatchilari biriktirildi.
Shuningdek, har bir tarbiyalanuvchi uchun harbiy xizmatchi masʼul etib belgilandi. Tanishuv jarayoni ertalabki badantarbiya mashqlaridan boshlandi so‘ngra tarbiyalanuvchilar bilan birma-bir suhbat olib borilib, ularning ruhiy holati o‘rganildi.
Shu bilan birga mazkur shaharchada ot minish to‘garagi tashkil etilib, endilikda tarbiyalanuvchilarga otlarni minish, parvarishlash yo‘l-yo‘riqlari o‘rgatib boriladi.