Namangan viloyatida kam taʼminlangan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda imkoniyati cheklangan 16-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish shuningdek, ulardan iqtidorli sportchilarni yetishtirib chiqish maqsadida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida har bir yosh o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, mazkur sport bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirdi.
Bu kabi musobaqalarning davomiyligi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga va ularni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilishga keng zamin yaratmoqda.