Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, yetim, va nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda mamlakatimmiz oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi.
Bu toifadagi bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ularni kasb - hunarga o‘rgatish va zarur hayotiy ko‘nikmalarni berib borish barobarida yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida, Surxondaryo viloyatida muhtoj sifatida ro‘yxatda turgan 13 nafar mehribonlik uylarida tarbiyalangan va mustaqil hayotga qadam qo‘ygan bolalarga zamonaviy, to‘liq jihozlangan uy-joylar topshirildi.