Xorazm viloyatida "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan bolalar rasmlari tanlovi o'tkazildi. Tanlovda viloyatda tashkil etilgan oilaviy uylari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlarining farzandlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar o'z asarlarida go'zal Vatan, uning fuqarolari, shuningdek, rivijlangan shahar va qishloqlarimizni aks ettirishga harakat qilishdi.
Hakamlar hay'ati tanlov ishtirokchilarining ishlarini baholaguncha bolalar kamondan otish bo'yicha raqobatlashdi.
Tanlov yakunlari bo'yicha g'olib va sovrindorlar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.