“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Mehr-oqibat olamni go‘zalroq, insonlarni esa bahtliroq qiladi

28.8.2023 1560

Bundan bir yil muqaddam 25 avgustda O‘zbekistonda birinchi “TASKIN” xospisi tashkil etilgan edi. O‘tgan bir yil davomida “Taskin” da 70 ga yaqin onkologik kasallikka chalingan bolajonlar palliativ yordam oldilar, afsuski shundan 40 nafar jajji farishtalar hayotni tark etdilar.

Ushbu satrlar xospis tashkilotchisi Ezgu Amal fondi saytidan olingan bo‘lib, fond saytiga havola bilan Toshkent shahrida yashovchi Atayevlar oilasi bo‘lishdi.

Nurulla va Kamila Atayevlar 21 va 22-sonli “Mehribonlik” uylarining 5 nafar hamda SOS bolalar mahallasining barcha tarbiyalanuvchilarini mehr va muhabbat bilan o‘z bag‘rlariga olib, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan juftlik hisoblanadilar.

Ular xospis eshiklari ochilgan ilk kunlardanoq bu yerdagi bolajonlar holidan xabar olib keladilar. Atayevlarning o‘g‘il-qizlari bo‘lmish xospisdagi bolajonlar uchun muloqot va tabassum juda quvonchlidir. Shuni inobatga olgan oilaviy bolalar uyi farzandlari bu yerdagi bolajonlarga turli qo‘shiqlar va o‘yin-kulgu bilan ko‘tarinki kayfiyat ulashishga harakat qiladilar.

Xospisning ilk tug‘ilgan kuniga mazkur oilaning farzandlari bo‘lmish 15 yoshli Aleksey, 14 yoshli Denis va 16 yoshli Asadbek ayiqlar kostyumida animatorlar rolini bajarib, xospisdagi bolajonlar bilan raqsga tushib, ularning ko‘nglini ko‘tardilar. Oilaning qizalog‘i Xumayra esa bayram tadbirida ota-ona, do‘stlik va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarannum etuvchi qo‘shiqlarni ijro etdi.  

Tadbir yakunida Ezgu Amal fondi tomonidan xospisning sodiq do‘stlari bo‘lmish oilaviy bolalar uyi farzandlariga “Taskin”ning rivoji yo‘lida qo‘shayotgan hissalari uchun tashakkurnoma topshirildi.

O‘z navbatida ota-onalar farzandlari ongiga singdirishayotgan mehr-oqibat, sof fikrlilik, ezgulik singari sifatlar bolalari qalblarida aks-sado berayotganidan juda faxrlanishdi.