O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

«Mehr daftari» ning maqsadi – bolalar iqtidorini qo‘llab-quvvatlash

10.10.2023 862

Respublikamizning barcha hududlarida “Mehr daftari” elektron platformasi maʼlumotlar bazasini yaratish tartibi va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv- seminarlari o‘tkazilmoqda. Seminar tashkilotchilarining vazifasi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining mohiyati va ahamiyatini masʼullarga yetkazishdan iborat. “Mehr daftari” bolalarga o‘zi uzoq vaqtdan beri orzu qilgan biror buyumni shunchaki taqdim etish uchun emas, balki uning yangi bilim, ko‘nikmaga bo‘lgan istagini qo‘llab-quvvatlash va bolalarning ijtimoiylashuviga hissa qo‘shish uchun joriy qilingan. Bundan tashqari, tizim bolalarni vasiylikka olgan yoki vasiylikni rasmiylashtirgan oilalarni rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

O‘quv -seminarining navbatdagi kurslari Farg‘ona, Andijon, Namangan, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Seminarlar Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Milliy gvardiya Markaziy devoni tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar boshqarmasi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilariga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, “Mehr daftari” maʼlumotlar bazasini shakllantirish, elektron platformadan chiqarish tartibi va tamoyillariga alohida eʼtibor qaratildi. Seminar ishtirokchilariga tizimdan ko‘zlangan maqsad bolalarning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, ularni o‘z tarbiyasiga olgan oilalarni rag‘batlantirishdan iborat ekani taʼkidlandi. Ishtirokchilar, shuningdek, ota-onalar va boshqa qonuniy vakillarning bolalarni vasiylikdan mahrum qilish sabablarini o‘rganish usullari hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi maʼruzani tingladilar. Taʼkidlanganidek, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab oilaviy bolalar uylari faoliyati va “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va ularga atroflicha javob olish, ish tajribasi va muammolarni hal etish chora-tadbirlarini hamkasblari bilan muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur seminar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 26-sonli Qarori hamda hokimlik va boshqa manfaatdor tuzilmalarning bolalarni himoya qilish sektorlari mutaxassislari uchun Milliy gvardiya qo‘mondonining tegishli buyrug‘iga asosan tashkil etilmoqda.

Respublikamizning barcha hududlarida o‘quv- seminarlari davom etmoqda.