Farg‘ona shahridagi Oilaviy bolalar uylari farzandlari hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 3-toifadagi yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida "Mehr daftari" mablag‘lari hisobidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan bugun mazkur platformaga kiritilgan yoshlarga kompyuter jamlanmalari, tayyorlov kurslariga sertifikatlar hamda kasb-hunar egallashlari uchun zaruriy asbob-uskunalar topshirildi.
Tadbirda ishtirok etgan Milliy gvardiya masʼullari hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni eʼtirof etib o‘tdi hamda kelajagimiz egalariga kelgusi hayotlarida bilim va malakalarini oshirib, davlatimiz rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdi.