"Mehr daftari" tizimini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida" gi qaror doirasida Jondor tumanidan mazkur tizimga 15 nafar bolalar kiritilgan. Bolajonlarning orzu istaklari inobatga olingan holda, 2022-yildan hozirgi kunga qadar 156 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Kuni kecha viloyat hokimligi Bolalar masalalari kotibiyati, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Jondor tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi hamkorligida 11 nafar ogil-qizlarga zamonaviy noutbuklar, velosiped hamda 8 xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.