Buxoro viloyati Kogon shahrida ijtimoiy-huquqiy yordam va himoyaga muhtojlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tadbirlari davom etmoqda.
Ushbu xayrli tadbirlarda viloyat hokimligi, Milliy gvardiya boshqarmasi, mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari hamda g‘amxo‘r vatandoshlarimiz faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, yaqinda mehr daftari elektron platformasiga kiritilgan yana besh nafar yigitning orzulari amalga oshdi: ularning bir nafariga velosiped sovg‘a qilindi, ikkinchisiga o‘quv shartnomasi to‘lanib amaliy yordam ko‘rsatildi, uch nafariga qishki kiyimlar to‘plami topshirildi.