Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tashkil etilgan oilaviy bolalar uyi farzandlari, shuningdek, vasiylik yoki homiylik ostida voyaga yetayotgan bolalarning muammolari, xohish-istaklarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlarning ehtiyojlarini qondirish, o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar egallashga, bilim doirasini kengaytirishga, o‘zlarini qiziqtirgan hunarmandchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lishga intilishlarini rag‘batlantirish imkonini bermoqda.
Jumladan, viloyat hokimligi, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va boshqa manfaatdor tuzilma vakillari bugungi kunda “Mehribonlik” uyining sobiq tarbiyalanuvchilari xonadonida bo‘lib, samimiy suhbat qurildi. Shu kuni "Mehr daftari" jamg‘armasidan vasiylikka olingan yoshning qiziqishlarini inobatga olgan holda tikuv mashinasi berildi.
Shu kunga qadar "Mehr daftari"ga kiritilgan 45 nafar bolalarning talab va istaklarini inobatga olgan holda 12 ta tikuv mashinasi, 15 ta noutbuk, 2 ta kompyuter jamlanmasi va kerakli uskunalar, 1 ta skuter, 2 ta soyabonli o‘rindiqlar, 1 ta konditsioner, sport va oshxona anjomlari, cholg‘u asboblari, yumshoq o‘yinchoqlar to‘plami, kiyim-kechaklar, kommunal to‘lovini to‘lash, davolanish harajatlari uchun moddiy yordam pullari berildi.