Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi "Bolajonlar xonadonim quvonchi" nomli Oilaviy bolalar uyiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.Hojimatov, Falsafa fanlari doktori J.Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti O.Gʻoziyeva hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist I.Arabovlar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida masʼullar tomonidan yashash shart-sharoitlar oʻrganilib, bolajonlar bilan dildan suhbat qurildi. Suhbat jarayonida bolalar o‘zlari va oilasi, shuningdek, mahalladagi do‘stlari, ishtirok etayotgan mashg‘ulotlari, sport seksiyalari va to‘garaklari haqida soʻzlab berdi.
Shu bilan bir qatorda, oʻgʻil va qizlar o`zlari tayyorlagan sahna koʻrinishlarini mehmonlarga namoyish etdilar. Tadbir yakunida "Mehr - muruvvat va saxovat" loyihasi doirasida bolajonlarga bayram sovgʻalari ulashildi.