Muqaddas bayram kuni Najjiyevlar xonadoniga “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Koson tumani bo‘limi vakillari tashrif buyurishdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad ular o'z oilasi bag’riga qabul qilgan olti nafar o'g'il bolalar holidan xabar olish edi. Suhbat davomida bolalar va ota-onalarga an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan, insonlarni ijtimoiy, ma’naviy va ruhiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ma’naviyat festivali”ning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida soʻzlab berildi. Tadbir soʻnggida, mehmonlar bolajonlarni Ramazon Hayiti bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.