O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday xayrli ishlardan biri Quva tumani hokimligi va Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Quva tumanida tashkil etilgan “Xakimovlar” va “Matmurodovlar” oilasi farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning istaklarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy kompyuter jamlanmalari, moto velosipedlar, tikuv mashinalari tarqatildi.