Insonlarning bir-biriga mehr-oqibat, saxovat ko‘rsatishi, savobli va xayrli amallar qilishga intilishi eʼtirofga loyiqdir.
Shu maʼnoda, viloyat hokimligi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar holidan xabar olinib, moddiy va maʼnaviy ko‘maklashildi.
Gap shundaki, masʼullar tomonidan milliy qadriyatlarimizga singib ketgan, odamiylikning o‘lmas namunasi bo‘lgan xayrli ishlar amalga oshirilib, oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.