Milliy gvardiya qo‘mondoni tashabbusi bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli, Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uylaridan 50 nafar tarbiyalanuvchilar 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi finaliga tomoshabinlar sifatida taklif etildi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning 18-mart kuni O'zbekiston va Iroq terma jamoalari o'rtasida mamlakatimiz uchun tarixiy o'yin bo'lib o'tdi. Mazkur finalda yosh futbolchilarimiz raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Mehribonlik uylari yigitlari uchun o'yinni jonli ko'rish, minglab tomoshabinlar qatori terma jamoamizni qoʻllab quvvatlash imkoniyati Navro'z bayramiga eng yaxshi sovg'a bo'ldi. Ayniqsa, davlatimiz rahbari futbolchilarga bosh sovrin – Osiyo Kubogini qanday taqdim etganini ko‘rganlarida, ularning qalbida faxr-iftixor tuyg’usi yanada joʻsh urdi.