Nasibaxon Husanova Qoʻqon shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi bitiruvchisi (hozirda barcha tarbiyalanuvchilar oʻz oilasiga ega va mazkur muassasa yopilgan). 2010-yilda qahramonimiz 18 yoshga toʻlib, muassasani tark etgan. Nasibaxon 13 yildan soʻnggina oʻz uyiga ega boʻldi. Unga Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan yangi koʻp qavatli uydan xonadon ajratildi.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil dekabr oyida Toshkent shahri Uchtepa tumaniga tashrifi yakuni boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Mehribonlik uylari bitiruvchilarining yashash sharoitlarini zudlik bilan oʻrganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish vazifasi qoʻyilganidan soʻng, vaziyat tubdan oʻzgardi…
Bugun tuman hokimi, sektor rahbarlari, Milliy gvardiya va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Fargʻona viloyatida yangi qurib bitkazilgan hamda toʻliq jihozlangan xonadon kalitlari Nasibaxonga topshirildi.Qahramonimizdan taassurotini soʻrashganida u katta hayajon bilan koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun Prezidentimiz hamda masʼul rahbarlarga oʻzining cheksiz minnatdorchiligini izhor qildi.