22 yoshli Shoxrux Mamajonov Margʻilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo`lib, u 3 yil muqaddam mazkur dargohni bitirgan edi. Andijon shahridagi Bolalar shaharchasida tarbiyalangan Islomek Elmurodov bu yil 29 yoshga toʻldi. Yigit bundan 13 yil muqaddam balogʻat yoshiga yetganidan soʻng, muassasani tark etgan, keyinroq Fargʻona viloyatida istiqomat qilgan. Shu yillar davomida yoshlar oʻz xonadoniga ega boʻlishlarini intizorlik bilan kutdilar.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil dekabr oyida Toshkent shahri Uchtepa tumaniga tashrifi yakuni boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Mehribonlik uylari bitiruvchilarining yashash sharoitlarini zudlik bilan oʻrganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish vazifasi qoʻyilganidan soʻng, vaziyat tubdan oʻzgardi…
Bugun tuman hokimi, sektor rahbarlari, Milliy gvardiya va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Margʻilon shahrida yangi qurib bitkazilgan hamda toʻliq jihozlangan xonadon kalitlari Shoxrux hamda Islombekka topshirildi.Qahramonlarimizdan taassurotlarini soʻrashganida ular katta hayajon bilan koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun Prezidentimiz hamda masʼul rahbarlarga oʻzlarining cheksiz minnatdorchiligini izhor qildi.