Joriy yilning 20 noyabr kuni 22-sonli Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari uchun Mehnat vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi hamda Namangan viloyatidan tashrif buyurgan tadbirkorlar tashabbusi bilan 14 dona tikuv mashinasi muassasaga keltirildi. Qizlar uchun tikuv xonasi jixozlanib, tarbiyalanuvchilarni bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish va ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Mohir qo‘llar” to‘garagi tashkil etildi. Hozirda 40 dan ortiq tarbiyalanuvchilar ish bilan taʼminlandi. Endilikda nafaqat qizlarimiz ushbu kasbga qiziqish bildirmoqda, balki 5 nafar o‘g‘il bolalar ham o‘z xohishlari bilan to‘garakka aʼzo bo‘lib, kasb sirlarini mustaqil ravishda o‘rganishni boshladi.