Bugun Mehribonlik uyining bitiruvchilari bo‘lgan Jalolov Husniddin va Shuls Stefaniyalar uchun quvonchli kun. Yoshlarga Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Do‘stlik MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning kalitlari topshirildi.
Tantanali tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat Bolalarni himoya qilish shuʼba mudiri, mahalla nuroniylari, shuningdek, Milliy gvardiya Makaziy devoni hamda Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, yurtimizda joriy etilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.